Yil boshidan beri Qoraqalpog‘istonda 27,4 mlrd so‘mlik moddiy zarar undirilgan
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan 2021 yilning o‘tgan davrida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari tahlil qilindi. Unga ko‘ra, hududda 4 mingdan ortiq shaxsning buzilgan huquqlari tiklangan.
Nazorat tadbirlari va dastlabki tergov davomida jami 27,4 mlrd. so‘mlik moddiy zarar aybdorlardan undirilgan. Respublika prokuraturasi organlari tomonidan 10271 ta murojaat hal qilingan.
Shuningdek, yer, bino va boshqa masalalarida olib borilgan o‘rganishlarda 1205 ta tadbirkorning buzilgan huquqi tiklangan.
Bundan tashqari, «Ayollar daftari»ga kiritilgan 5471 nafar xotin-qizdan 3033 nafarining muammosi hal etilishiga erishilgan.
Ta’kidlanishicha, Qorao‘zak tumani Quralpa ovulida namunaviy loyihadagi 3 xonali 6 ta uy qurilgan. «Ayollar daftari»ga kiritilgan I va II guruh nogironi bo‘lgan, ko‘p yillardan buyon ijarada yashab kelayotgan 3 nafar ayol hamda «yoshlar daftari»ga kiritilgan 3 qizning oilasiga uy berilgan.
Bir muddat oldin Qoraqalpog‘istonda 10 oyda 92 nafar shaxs intizomiy va ma’muriy javobgarlikka tortilgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
22:39 / 13.11.2024
Samarqandda maktab o‘quvchisini zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlangan – Bosh prokuratura
12:03 / 13.11.2024
Samarqandda maktab o‘quvchisi bir guruh shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilib, zo‘rlandi
20:56 / 20.10.2024
9 oyda ish haqi va nafaqa pullaridan 5,2 mlrd so‘m talon-toroj qilingani ma’lum qilindi
18:34 / 11.10.2024