O‘zbekiston | 07:19 / 23.12.2021
4533
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona viloyatida 3 kun ichida ikkinchi yer silkinishi qayd etildi

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, 23 dekabr kuni soat 06:04 da O‘zbekiston hududida yer silkinishi qayd etildi.

Episentr: Farg‘ona viloyati, Rishton tumani. Yer silkinishi koordinatalari: 40,38 gradus shimoliy kenglik; 71,23 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,2. Chuqurlik 15 km. 

Qayd etilishicha, yer silkinishi episentri Toshkentdan 196 km janubiy-sharqda.

Ma’lumot uchun, 21 dekabr kuni ham Farg‘ona viloyatida yer silkinishi qayd etilgandi.

Mavzuga oid