Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘qondagi xonadonda yuz bergan gaz portlashi haqida ma’lumot berildi
Farg‘onadagi xonadonda gaz portlashi oqibatida oilaning 4 nafar a’zosi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi xonadonda gaz portlashi oqibatida oilaning 4 nafar a’zosi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgan edi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, 19 dekabr kuni soat 05:45 da Qo‘qon shahar, Barhayot ko‘chasidagi uyda gaz-havo aralashmasi chaqnashi sodir bo‘lgan. Uyning 1-qavatiga o‘rnatilgan, rezina shlang bilan ulangan, qo‘lbola uslubda yasalgan isitish pechidan gaz sizib chiqqan.
Xonadon egalaridan biri tabiiy gaz hidini sezmay, ertalab soat 05:45 da xona chirog‘ini yoqishi oqibatida havo-gaz aralashmasi chaqnashi sodir bo‘lgan. Oqibatda xonadonda bo‘lgan 4 kishi turli xil darajadagi kuyish tan jarohatini olgan.
Hozirda holat yuzasidan tegishli soha xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
07:53 / 18.05.2025
"Ko‘chamiz dahshatli tutun bilan qoplandi" - Qo‘qonda ammiak sizib chiqqan hududdan reportaj
22:26 / 16.05.2025
Qo‘qonda ammiak bilan bog‘liq favqulodda holat yuz berdi
12:02 / 11.05.2025
Samarqanddagi uyda gaz portlashi qurbonlari soni oshdi
12:03 / 04.04.2025