Senator Yoshlar ishlari agentligi direktoriga o‘rinbosar bo‘ldi
Yoshlar ishlari agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i Jamshid Xodjayev Yoshlar agentligi rahbariyatiga o‘tdi.
Hukumat qarori bilan Jamshid Baxtiyorovich Xodjayev Yoshlar ishlari agentligi direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Jamshid Xodjayev 1987 yilda Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida tug‘ilgan.
2008 yilda Navoiy davlat pedagogika institutini milliy istiqlol g‘oyasi yo‘nalishida tamomlagan.
2017 yildan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati kengashi raisi bo‘lgan, 2020 yildan Yoshlar ishlari agentligi Navoiy viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.
U 2015 va 2020 yillarda Navoiy viloyatidan Oliy Majlis Senatiga saylangan.
Bundan avvalroq Yoshlar ishlari agentligi rahbari o‘rinbosari Farrux Omonov Prezident Administratsiyasi shu’ba mudiri etib tayinlangani xabar qilingandi.