Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Sovuqda ham, issiqda ham ko‘chada mehnat qilamiz" - yo‘l ishchisi
"Yo‘l qurgan savob" – deyishadi. Bu galgi qahramonimiz issiq kunlarda ham, sovuq kunlarda ham yo‘l qurayotgan oddiy ishchi. Avazbek Jumaboyev 20 yildan buyon Bo‘ston tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi ishchisi bo‘lib ishlaydi. Shu davr mobaynida juda ko‘p yo‘llarni asfaltlash va shag‘allashda ishtirok etgan.

“Kasbimdan nolimayman. Mana shu yerda ishlab, bola-chaqa boqyapman. Farzandlarim bor, oilaliman. Uch farzandimdan ikkitasi kontrakt asosida o‘qiydi. Yozda, 40-45 daraja issiq kunlarda ham asfaltlar keladi. Issiqni issiq, sovuqni sovuq demasdan asfalt bosamiz. Bu ishga ham qarab qolmaymiz. Dehqonchiligimiz ham bor. Bolalarimiz voyaga yetib qoldi. Ular yordam qilib, oilaviy muhitimiz mustahkam bo‘lgani uchun yo‘nalishimiz yaxshi”, – deydi biz bilan suhbatda Avazbek Jumaboyev.

Oddiy ishchi bo‘lgani uchun Avazbek aka farzandlarini o‘qitishni niyat qilgan. Hozirda uch nafar farzandining ikkitasi kontrakt, bittasi budjet asosida ta’lim olmoqda. Qahramonimiz o‘z ishidan mamnun.
Abduvali Qurbonov,
Tasvirchi Azizbek Ismoilov,
Montaj ustasi Muhiddin Nido
Mavzuga oid
16:06 / 28.03.2024
Bepuli abgor, pullisi esa faqat qog‘ozlarda – sifatli yo‘llarga qachon yetamiz?
08:09 / 14.01.2024
Andijonda gazballoni omborida yong‘in chiqdi
19:10 / 08.12.2023
Bo‘ston tumanidagi tadbirga yupun kiyimdagi o‘quvchilar jalb qilindi
18:18 / 12.09.2023