Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoylik tadbirkor 28 million dollarga fazoga uchish huquqini qo‘lga kiritdi
Xitoylik tadbirkor, Tron ko‘ngilochar platformasi asoschisi Jastin San AQShning Blue Origin aerokosmik kompaniyasining fazoga uchish huquqi uchun o‘tkazgan auksionida yutib chiqdi va New Shepard kemasida suborbital parvozni amalga oshiradi. Parvoz uchun tadbirkor 28 mln dollar to‘lagan. Bu haqda Sanning o‘zi Twitter’da ma’lum qildi.
“Yarim yil avval men Blue Origin’ning birinchi parvozidagi o‘rin uchun auksionda yutib chiqqandim. Bugun men Sea of Stars dasturi bo‘yicha parvozda ishtirok etishimni e’lon qilmoqchiman. Men bilan yana 5 kishi 2022 yilda fazoni o‘rganadi”, — deb yozgan tadbirkor.
Uning aytishicha, u bilan fazoga kriptovaluta, texnologiya va san’at sohalarida alohida maqomga ega odamlar, shuningdek, yana bir nufuzli kishi yo‘l oladi. Ularning kimligi parvoz arafasida sekin-asta e’lon qilib boriladi.
Ta’kidlanishicha, fazoviy kemada o‘rin uchun kimoshdi savdosida ishtirok etishga 159 ta davlatdan 7 mingdan ko‘proq kishi ro‘yxatdan o‘tgan.
Amerikalik tadbirkor Jyeff Bezosning Blue Origin kompaniyasi 2021 yil 20 iyulda New Shepard kemasida birinchi suborbital parvozni amalga oshirgandi. O‘sha parvoz vaqtida fazoga yo‘l olganlar orasida Bezosning o‘zi va 18 yoshli talaba Oliver Deymen bo‘lgan.
Mavzuga oid
20:54 / 14.04.2025
Blue Origin faqat ayollardan iborat ekipaj bilan suborbital parvozni muvaffaqiyatli amalga oshirdi
01:29 / 26.02.2025
Blue Origin kapsulasi kosmosga turistik parvozni muvaffaqiyatli amalga oshirdi
21:29 / 13.10.2021
90 yoshli kanadalik aktyor New Shepard kemasida fazoda bo‘lib qaytdi
16:11 / 03.04.2017