Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
20 avgust - Tadbirkorlar kuni sifatida belgilandi
Prezident tomonidan 2021 yil 23 dekabrdagi “Tadbirkorlar kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonun imzolandi.
Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 19 noyabrda qabul qilingan va Senat tomonidan 15 dekabrda ma’qullangan. Hujjatga asosan 20 avgust mamlakatda Tadbirkorlar kuni deb e’lon qilindi.
Joriy yilning 19 noyabr kuni Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar «Tadbirkorlar kunini belgilash to‘g‘risida»gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqib, qabul qilgandi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu qonun prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti davomida berilgan topshirig‘i hamda 2021 yil 24 avgustdagi tegishli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.12.2021 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
13:53 / 07.05.2025
BAA dunyoda birinchi bo‘lib qonunlarni yozishda sun’iy intellektdan foydalanmoqchi
17:14 / 19.04.2025
Deputatlar sun’iy intellektda yaratilgan noqonuniy kontent uchun jazoga izoh berdi
20:06 / 14.04.2025
Qonun loyihasiga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati kengaytirildi
09:52 / 21.02.2025