O‘zbekiston | 09:09 / 25.12.2021
2465
2 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda mol o‘g‘irlab, uni so‘yib olib ketmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi

FOTO: Mo‘ynoq tumani IIB

Mo‘ynoq tumanida mol o‘g‘irlab, uni so‘yib olib ketmoqchi bo‘lgan xorazmlik fuqarolar qo‘lga olingan. Bu haqdatuman IIB xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 15 dekabr kuni soat 13:00lar chamasida Mo‘ynoq tumani «Bozatao‘» OFY turg‘uni Q.A. tuman IIBga qo‘ng‘iroq qilib, Tallyq ovuliga yaqin joyda notanish uch nafar fuqaro N.S.ning molini so‘yib, terisidan chiqarib olib ketmoqchi bo‘lganini aytgan. Notanish shaxslar tumandagi Porlytao‘ ovuli tarafga qochgani qo‘shimcha qilingan.

Fuqaro qo‘ng‘irog‘iga asosan Mo‘ynoq tumani IIB tezkor qidiruv ishlarini olib borgan. Natijada o‘zganing molini o‘g‘irlab, talon-toroj qilmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olingan. Ular Xorazm viloyati Gurlan tumanida istiqomat qiluvchi S.M., A.Z. va T.Z. ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Ularga Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-bo‘limi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda holat yuzasidan Mo‘ynoq tumani IIB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Odinroq Qoraqalpog‘istonda “Qizil kitob”ga kiritilgan hayvonlarni ovlagan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. Ular 14 bosh jayron va 5 dona yovvoyi quyon ovlashgan.

Mavzuga oid