Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga avtomobillar asosan Xitoy va Koreyadan olib kelinmoqda
O‘zbekiston yengil avtomobillarni asosan qaysi davlatlardan import qilayotgani ma’lum bo‘ldi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli axborot bilan chiqdi.
Statqo‘m ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston yengil avtomobil import qilgan asosiy davlatlar orasida Xitoy (6 963 ta) va Koreya (5 630 ta) yetakchilik qilmoqda.
Bundan tashqari, quyidagi davlatlardan ham avtomobil importi amalga oshirilgan:
- Rossiya – 4 167 ta;
- Qozog‘iston – 3 731 ta;
- Polsha – 1 204 ta;
- AQSh – 479 ta;
- Litva – 427 ta;
- Tailand – 250 ta;
- Germaniya – 103 ta;
- Yaponiya – 88 ta.
Avvalroq, O‘zbekiston 9 oyda xorijdan nechta yengil avtomobil import qilgani ma’lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
10:40 / 28.05.2025
Oliy ta’lim tashkilotlarida qancha talaba tahsil olayotgani aytildi
11:13 / 27.05.2025
Qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani aytildi
13:07 / 26.05.2025
34 yilda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni qanchaga oshgani aytildi
08:10 / 24.05.2025