Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 yanvardan noqonuniy mehnat migrantlari Rossiyadan chiqarib yuboriladi
Bunday shaxslarni ishga jalb etgan ish beruvchilar har bir noqonuniy migrant uchun 800 ming rublgacha jarima to‘laydi.
2022 yilning 1 yanvaridan boshlab noqonuniy mehnat migrantlari Rossiyadan chiqarib yuboriladi. Bu haqda mamlakat IIV ma’lum qildi.
Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, bunday shaxslarni ishga jalb etgan ish beruvchilar har bir noqonuniy migrant uchun 800 ming rublgacha jarima to‘laydi.
«Noqonuniy ravishda mehnat faoliyatini amalga oshirganlik uchun xorij fuqarolariga jarimadan tashqari (5 ming rublgacha) Rossiyadan chiqarib yuborish va qaytib kirishga taqiq qo‘yish bilan bog‘liq choralar ko‘riladi», — deyiladi xabarda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada 700 mingdan ortiq MDH fuqarolari noqonuniy ravishda bo‘lib turibdi.
Avvalroq Rossiya 120 ming nafar tojikistonlikdan mamlakatga kirishga qo‘yilgan taqiqni olib tashlagani ma’lum qilingandi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025