Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda qaysi sohada korrupsiya ko‘proq uchrashi ma’lum bo‘ldi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qarg‘i Kengesida Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda kengashning 2021 yilning oktyabr-dekabr oylaridagi faoliyati ko‘rib chiqilgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi kotibasi Zuhra Reymova o‘tgan davr mobaynida aholi o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazgan.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolardan «Qoraqalpog‘istonda qaysi sohalarning birida korrupsiya ko‘proq kuzatiladi deb o‘ylaysiz?» – degan mavzuda so‘rovnoma o‘tkazilgan.
So‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, 52 foiz – Sog‘liqni saqlash tizimida, 34 foiz – Oliy o‘quv yurtlarida, 24 foiz – Xalq ta’limi sohasida, 23 foiz – Huquqni muhofaza qilish organlarida, 22 foiz – Bank, moliya sohasida, 18 foiz fuqarolar esa – Maktabgacha ta’lim tizimida degan javobni berishgan.
Bundan oldin Kun.uz muxbiri nukusliklarga «Eng ko‘p korrupsiya qaysi sohada?» degan savol bilan murojaat qilgandi.