Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Starlink sun’iy yo‘ldoshlari ustidan BMTga shikoyat qildi
Bunga Xitoy kosmik stansiyasi Starlink sun’iy yo‘ldoshlari bilan to‘qnashib ketmaslik uchun o‘z trayektoriyasini o‘zgartirishga majbur bo‘lgani sabab qilib ko‘rsatilgan.
Xitoy Ilon Maskning SpaceX kompaniyasiga tegishli Starlink internet sun’iy yo‘ldoshlari ustidan BMTning kosmik makon masalalari boshqarmasiga shikoyat qildi, deb xabar berdi Reuters.
Xabarda aytilishicha, bunga Xitoy kosmik stansiyasi Starlink sun’iy yo‘ldoshlari bilan to‘qnashib ketmaslik uchun o‘z trayektoriyasini o‘zgartirishga majbur bo‘lgani sabab qilib ko‘rsatilgan.
Pekinning bildirishicha, kosmik stansiya kamida ikki marta Starlink sun’iy yo‘ldoshlari bilan to‘qnashib ketishiga bir bahya qolgan. Ushbu holatlar 1 iyul va 21 oktyabrda yuz bergan.
SpaceX kompaniyasi Starlink internet tarmog‘i doirasida 1,9 mingga yaqin sun’iy yo‘ldosh uchirgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Yer atrofida 30 mingga yaqin sun’iy yo‘ldosh bor.
Mavzuga oid
15:03 / 10.04.2025
Bundesver 2029 yilgacha Starlink analogini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda
17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi
16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi
17:04 / 03.04.2025