Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada davlat xizmatchilariga “Brexit” so‘zini qo‘llamaslik tavsiya qilindi
Britaniyada davlat xizmatchilariga “Brexit” so‘zini qo‘llamaslik va “Britaniyaning Yevropa ittifoqidan chiqishi”ga iqtibos keltirmaslik tavsiya qilindi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, hukumat o‘z xodimlariga “Brexit” so‘zini ishlatishdan qochishni tavsiya qilgan. Ushbu so‘zning faqatgina tarix bilan bog‘langandagina qo‘llanishiga ruxsat berilgan.
“Xodimlarga, shuningdek, “o‘tish davri” (transition period) atamasidan voz kechish tavsiya qilingan. Ushbu atama Britaniyaning Yevropa ittifoqi tarkibidan chiqishi holatiga London va Bryussel kelgusi munosabatlari uchun shartlarni ishlab chiqqan oylarga taalluqli”, deb yozilgan nashrda.
Britaniyaning Yevropa ittifoqidan chiqishi bo‘yicha referendum 2016 yilda bo‘lib o‘tgan. O‘shanda Britaniyaning Yevropa ittifoqidan chiqishi, ya’ni Brexit tarafdorlari 51,9 foiz ovoz bilan g‘alaba qozonishgan. Birlashgan Qirollikning turli qismlarida ovoz berish natijalari bir-biridan farqlangan: Shotlandiya va Shimoliy Irlandiyada Yevropa ittifoqidan chiqishga qarshi bo‘lishgan, Angliya va Uelsda esa Brexit qo‘llab-quvvatlangan.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
13:15 / 13.05.2025