Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada 23 nafar xorij fuqarosi terrorizmda gumonlanib, qo‘lga olindi
Ular IShIDning qurolli nizo hududlaridagi faoliyatiga aloqadorlikda gumon qilinmoqda.
Anqara razvedka boshqarmasi va Turkiya milliy razvedka tashkiloti xodimlari IShID terrorchilik tashkiloti faoliyatiga aloqadorlikda gumonlangan 23 nafar xorij fuqarosini qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya o‘tkazdi. Bu haqda Habertürk telekanali xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, qo‘lga olinganlar so‘roq qilish uchun politsiya uchastkasiga olib kelingan.
Ular IShIDning qurolli nizo hududlaridagi faoliyatiga aloqadorlikda gumon qilinmoqda.
Qo‘lga olinganlarning qaysi mamlakat fuqarolari ekanligi ma’lum qilinmagan.
O‘tgan haftada Istanbulda politsiya IShIDga aloqadorlikda gumon qilingan to‘qqiz nafar xorij fuqarosini qo‘lga olgandi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025