Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim sohalardagi davlat nazorati funksiyalari xususiy sektorga beriladi
Ayrim davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bu 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasida belgilangan.
Unga ko‘ra, xususiy sektorga o‘tkaziladigan va ularni jalb qilish mumkin bo‘lgan ayrim davlat funksiyalarini oshirish mo‘ljallangan.
Bunda:
ayrim sohalardagi davlat nazorati, shu jumladan yong‘in xavfsizligini ta’minlash, ta’lim sifatini nazorat qilish, dori vositalarini sertifikatlashtirish kabi funksiyalarga xususiy sektor vakillari jalb qilinadi;
xususiy sektorni jalb qilish samaradorligi yuqori bo‘lgan sohalar aniqlanib, ayrim davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish nazarda tutiladi.
Davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish hisobiga mahalliy ijro hokimiyati organlari va hududiy davlat boshqaruvi organlarining joylarda masalalarni hal qilishdagi rolini oshirish ham ko‘zda tutilgan.
Respublika davlat boshqaruvi organlarining funksiya va vakolatlarini hududiy davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga o‘tkazish tartibini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.
Hududlarni rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni hal qilishda barcha darajadagi davlat boshqaruvi organlari hududiy boshqarmalarining samarali ishini, shu jumladan raqamli texnologiyalarni joriy qilgan holda tashkil etish nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
13:15 / 01.04.2025
Tovar, transport va shaxslarning xavf darajalariga ko‘ra bojxona nazorati shakllari qo‘llanadi
14:53 / 05.03.2025
Foydali qazilmalarni qazib chiqarishni nazorat qilish tartibi tasdiqlandi
14:52 / 03.03.2025
Iqtisodiyotda xususiy sektorning roli yanada oshiriladi
12:00 / 08.02.2025