Jahon | 18:49 / 01.01.2022
7806
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Turkiya fuqarolarini jamg‘armalarini lirada saqlashga chaqirdi

 Turkiya milliy valutasi 2021 yil davomida o‘z qiymatining yarmidan ko‘prog‘ini yo‘qotdi.

Foto: Reuters

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mamlakat fuqarolarini jamg‘armalarini lirada saqlashga chaqirdi.

"Barcha fuqarolarimiz jamg‘armalarini o‘z valutamizda saqlashlarini xohlayman va buni tavsiya qilaman. Unutmaylik, o‘z pullarimizdan mo‘ljal sifatida foydalanmasak, inqirozga uchraymiz. Turkiya lirasi, bizning pulimiz, biz u bilan olg‘a harakat qilamiz. Boshqa valuta bilan emas", dedi u.

Turkiya milliy valutasi 2021 yil davomida o‘z qiymatining yarmidan ko‘prog‘ini yo‘qotdi. 20 dekabrda mahalliy valuta kursi rekord darajada pasaydi – bir dollar 18,41 liraga teng bo‘ldi.

Tahlilchilar valuta inqirozida markaziy bank asosiy stavkasini tushirish yo‘li bilan inflatsiyaga qarshi kurashishga qaror qilgan Erdo‘g‘anni ayblamoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid