Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada yangi yilga o‘tar kechasi 870dan ortiq avtomobilga o‘t qo‘yildi
Qayd etilishicha, bu avvalgi yillardagiga nisbatan kamroqni tashkil etadi, masalan, 2019 yilda 1,3 mingdan ortiq mashina noma’lum shaxslar tomonidan yoqib yuborilgan.
Fransiyada yangi yilga o‘tar kechasi bir necha yuz avtomobilga o‘t qo‘yildi. Bu haqda BFM TV telekanali mamlakat ichki ishlar vaziri Jyerald Darmanenga tayanib xabar berdi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, 31 dekabrdan 1 yanvarga o‘tar kechasi 874ta avtomobilga o‘t qo‘yilgan.
Qayd etilishicha, bu avvalgi yillardagiga nisbatan kamroqni tashkil etadi, masalan, 2019 yilda 1,3 mingdan ortiq mashina noma’lum shaxslar tomonidan yoqib yuborilgan.
Darmanen shuningdek, o‘tgan tunda mamlakat bo‘yicha 440 kishi ushlangani, ularning 380 nafarga yaqini hibsga olinganini aytdi.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025