Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Majburiy ijro organlarining ayrim funksiyalari xususiy sektorga o‘tkaziladi
Majburiy ijro organlari faoliyatiga xalqaro standartlarni bosqichma-bosqich joriy etish va ayrim funksiyalarni xususiy sektorga o‘tkazish, davlat ijrochilari ish yuklamasini kamaytirish rejalashtirilmoqda.
2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasiga ko‘ra, majburiy ijro organlarining funksiyalarini xatlovdan o‘tkazish va ayrimlarini xususiy sektorga o‘tkazish mo‘ljallangan.
Ijro ishini yuritish tizimini raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ham nazarda tutilmoqda.
Xorijiy davlatlardagi sud organlari tomonidan chiqarilgan hukm va qarorlarni tan olish va ijro etishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari takomillashtiriladi.
Bunda, xorijiy davlatlar bilan hamkorlikni amalga oshirish imkoniyatlari kengaytiriladi. Protsessual qonunchilikka tegishli xalqaro huquq normalari implementatsiya qilinadi.
Mavzuga oid
14:52 / 03.03.2025
Iqtisodiyotda xususiy sektorning roli yanada oshiriladi
12:00 / 08.02.2025
30 ga yaqin davlat xizmati xususiy sektorga beriladi
14:20 / 18.01.2025
O‘zbekiston eksportda xususiy sektor ulushini 60 foizgacha oshirish niyatida
13:52 / 21.12.2024