Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga guruch importi 17 ming tonnaga oshdi
O‘zbekistonga guruch importi 17,7 ming tonnaga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston 13 ta xorijiy davlatlardan qiymati 7,4 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan qariyb 28 ming tonna guruch import qilgan.
Guruch importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 17,7 ming tonnaga oshgan.
2021 yilning o‘tgan 11 oyida O‘zbekiston eng ko‘p guruch import qilgan davlatlar orasida Qozog‘iston yetakchilik qilmoqda – 27,5 ming tonna.
Shuningdek, qolgan davlatlar quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Pokiston – 248,2 tonna;
- Xitoy – 60 tonna;
- Rossiya – 18,2 tonna.
Ma’lumot uchun, 2021 yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston 13 ta xorijiy davlatlardan qiymati 7,2 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 26,9 ming tonna guruch import qilgan.
Mavzuga oid
10:40 / 28.05.2025
Oliy ta’lim tashkilotlarida qancha talaba tahsil olayotgani aytildi
11:13 / 27.05.2025
Qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani aytildi
13:07 / 26.05.2025
34 yilda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni qanchaga oshgani aytildi
11:21 / 23.05.2025