Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Urgutda mashina urib yuborgan 18 yoshli yigit vafot etdi
Samarqand viloyati Urgut tumanida mashina urib yuborgan 18 yoshli piyoda vafot etgan. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, 2021 yil 31 dekabr kuni soat 14:30 larda davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan R-47 Bulung‘ur-Urgut-M39 avtomobil yo‘lining Urgut tumani Mergancha mahallasi hududida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Tez harakatlanib kelayotgan mashina ko‘chani kesib o‘tayotgan, Urgut tumani Ispanza qishlog‘ida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan yigitni urib yuborgan. Oqibatda, yigit og‘ir tan jarohatlari olib, vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yil 29 dekabr kuni Samarqand tumanida Surxondaryo viloyatiga tegishli bo‘lgan Cobalt mashinasi ham piyodani urib yuborgandi.
Mavzuga oid
12:31 / 08.04.2025
Urgutda giyohvand modda sotgan maktab direktori 10 yilga qamaldi
10:56 / 02.03.2025
Urgutga temiryo‘l liniyasi tortiladi
11:38 / 17.11.2024
Samarqandda 3 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchiga hukm o‘qildi
10:06 / 19.09.2024