Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FVV aviatsiya xizmati tashkil etiladi
O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi aviatsiya xizmatini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasida belgilangan.
Qayd etilishicha, Favqulodda vaziyatlar vazirligi aviatsiya xizmatini tashkil etishga oid normativ hujjat qabul qilinadi.
Bundan tashqari, respublikaning turistik zonalarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va tezkor bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimlashtiriladi.
“Chorvoq-Chimyon” yirik turistik zonasida ilg‘or xorijiy tajriba asosida, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Favqulodda vaziyatlar vazirligi yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari negizida ixtisoslashgan ko‘p tarmoqli boshqarma tashkil etiladi.
Aholini favqulodda vaziyatlarda xabardor qilish tizimi modernizatsiya qilinadi. Respublikaning olis hududlarini professional va ko‘ngilli yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari bilan qamrab olish ko‘rsatkichi yaxshilanadi.
Qutqaruv kuchlari mavjud bo‘lmagan, xavf manbai yuqori hududlardagi yirik aholi punktlarida yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari tashkil etiladi. Mavjud yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari zamonaviy texnika va asbob-anjomlar bilan jihozlanadi.
Yong‘in-texnik vositalarini ishlab chiqarishga xususiy sektor jalb etiladi. Mahalliy sharoitlarda ishlab chiqarish imkoniyatiga ega yong‘in-texnik vositalar va ishlab chiqaruvchilar ro‘yxati shakllantiriladi. Davlat standartlari asosida xususiy sektorni jalb etgan holda yong‘in-texnik vositalarini ishlab chiqarish yuzasidan tadqiqotlar yo‘lga qo‘yiladi.
Mavzuga oid
10:12 / 27.05.2025
Qamchiqda yuk mashinasi va Gentra xandaqqa tushib ketdi
21:32 / 19.05.2025
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi
17:00 / 03.05.2025
Norin daryosidagi orolchada qolib ketgan quruvchilar qutqarildi
16:35 / 06.04.2025