Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada 20 yoshli yigit pichoqlanib o‘ldirildi
Marg‘ilon shahrida fuqaro do‘stlari bilan yo‘lni to‘sib qo‘ygan yigitlardan avtomashinalariga yo‘l berishlarini so‘rab janjallashishi o‘lim bilan yakunlandi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, 1 yanvar kuni soat 3:30 larda K.K. to‘rt nafar tanishi bilan birga M.N. boshqaruvidagi «Cobalt»ga o‘tirib, M.N.ning uyi tomon harakatlanishganida ko‘cha boshida to‘xtab turgan «Gentra» va «Nexia-3» avtomashinalarni ko‘rishgan.
Ularning yonida turgan 23 yoshli M.A. va uning sheriklariga avtomashinalariga yo‘l berishlarini so‘ragan vaqtida janjallashib qolishgan.
Janjal davomida M.A. o‘zining yonida bo‘lgan pichoq bilan K.K.ning ko‘krak sohasiga bir marta urib, sheriklari bilan avtomashinalariga o‘tirib, hodisa joyidan qochib ketishgan. K.K. olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.A. protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Qo‘qon shahrida pullarni qo‘lga kiritish ilinjida uxlab yotgan er-xotinni pichoqlab o‘ldirgan 3 nafar ustaga sud hukmi o‘qilgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti
17:21 / 28.04.2025
“Chuqurlarga to‘la ko‘cha” – Farg‘ona shahri markazidagi abgor yo‘l qachon ta’mirlanadi?
12:15 / 28.04.2025