Jahon | 13:27 / 05.01.2022
7624
1 daqiqa o‘qiladi

Sony elektromobillar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

Sony 2020 yilda Vision-S elektromobili prototipini namoyish etgandi. O‘sha yilning dekabrida elektromobil Yevropa yo‘llarida sinovdan o‘tkazildi.

Foto: engadget.com

Sony elektromobillar ishlab chiqarish bo‘yicha bo‘linmasini tashkil etadi. Bu haqda kompaniya matbuot relizida aytilmoqda.

Kompaniya rahbari Ken’itiro Yosida Las-Vegasdagi Consumer Electronics Show ko‘rgazmasida elektromobillar bozoriga kirish rejalashtirilganini e’lon qildi.

«Biz Sony elektromobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqdamiz», — dedi u.

Sony 2020 yildagi ko‘rgazmada Vision-S elektromobili prototipini namoyish etgandi. O‘sha yilning dekabrida elektromobil Yevropa yo‘llarida sinovdan o‘tkazildi.

Las-Vegasdagi navbatdagi ko‘rgazmada esa Vision-S 02 prototipi taqdim etildi. Yosidaning ta’kidlashicha, elektromobil xavfsizligini ta’minlash uchun u 40ta datchik bilan jihozlangan.

Yangi bo‘linma Sony Mobility Inc deb nomlanadi. Sony Mobility «sun’iy ong va robototexnika imkoniyatlaridan to‘liq foydalanadi».

2021 yil sentyabrda Apple kompaniyasi elektromobillar ishlab chiqarishni rejalashtirganini ma’lum qilgandi. 

Mavzuga oid