O‘zbekiston | 11:01 / 08.01.2022
1003
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda avtomobillarni tunab ketadigan yigit ushlandi

Foto: Shutterstock

Samarqand shahrida avtomobillardan narsa o‘g‘irlaydigan yigit qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMBga Xo‘ja Ahror Vali mahallasida yashovchi fuqaro murojaat qilib, 2022 yil 2 yanvar kuni soat 00:10 larda Samarqand shahri Zargartepa mahallasida turgan “Damas” mashinasidan, bahosi 800 ming so‘m bo‘lgan videotasvirga olish uskunasi noma’lum shaxs tomonidan o‘g‘irlab ketilganini bildirgan.

Bundan tashqari, Samarqand shahri Zargartepa mahallasida yashovchi, B. ham murojaat qilib, shu kuni soat tungi 2:00 larda uyi oldida turgan “Nexia-2” mashinasidan bahosi 300 so‘m bo‘lgan videotasvirga olish uskunasi va 50 ming so‘m pullari o‘g‘irlanganini ma’lum qilgan.

Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 2-son IIB xodimi tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni Samarqand shahri So‘zangaron ko‘chasida yashovchi U.O. sodir etganligi aniqlangan. Gumonlanuvchidan 2 dona qora rangli videoregistrator, “antiradar”, ko‘zoynak, 3 dona qora rangli shnur, temir lineyka, USB, 32 GB xotiraga ega telefon fleshkasi, atir va 1 million 558 ming so‘m ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid