Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning doimiy aholisi soni ma’lum qilindi
O‘zbekistonda doimiy aholi soni ma’lum qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda Respublikasining doimiy aholisi 35 271 276 kishini tashkil etmoqda.
Qayd etilishicha, shahar joylarda – 17,9 million kishi, qishloq joylarda – 17,4 million kishi istiqomat qiladi.
Avvalroq, 20 yil ichida 1 milliondan ortiq odam O‘zbekistonni tark etgani xabar berilgandi.
2000-2020 yillar oralig‘ida 1 milliondan oshiq O‘zbekistonda doimiy yashovchilar xorijga ko‘chib ketdi. Ko‘chib ketganlar O‘zbekistonga ko‘chib kelganlarga nisbatan 11 barobar ko‘proqni tashkil etgan.
O‘zbekistonga xorijdan ko‘chib kelganlar 2000-2020 yillar oralig‘ida 99 341 nafarni tashkil etdi. Bu davrda eng ko‘p ko‘chib keluvchilar 2005 yilga to‘g‘ri kelgan – 7179 kishi.
Eng kam ko‘chib kelish esa 2020 yilga to‘g‘ri keladi. Pandemiya davrida O‘zbekistonga 1 105 kishi ko‘chib kelgan.
Mavzuga oid
10:40 / 28.05.2025
Oliy ta’lim tashkilotlarida qancha talaba tahsil olayotgani aytildi
11:13 / 27.05.2025
Qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani aytildi
13:07 / 26.05.2025
34 yilda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni qanchaga oshgani aytildi
11:21 / 23.05.2025