Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda yana bitta aeroport quriladi
Qo‘ng‘irot tumanida barcha qulayliklarga ega zamonaviy aeroport quriladi. Bu haqda Qo‘ng‘irot tumani hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Qo‘ng‘irot tumani hokimining 2021 yil 13 dekabrdagi Qo‘ng‘irot tumani hududida aeroport qurish uchun yer maydoni ajratib berish yuzasidan Qurilish vazirligi va boshqa mas’ul idoralarga qilgan murojaati qanoatlantirildi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21-28-13-sonli qarori bilan tasdiqlandi.
Qarorga muvofiq, Qo‘ng‘irot tumanidan aeroport qurish uchun 256 gektar yer maydoni ajratildi.
Qurilishi rejalashtirilgan aeroportda samolyotlar va yo‘lovchilar uchun barcha qulayliklar yaratiladi.
Aeroport hududida uchish-qo‘nish yo‘lagi, dam olish xonasi, oshxona, savdo majmuasi va dam olish maskani quriladi.
Shunday qilib Qoraqalpog‘istondagi aeroportlar soni 3 taga yetishi mumkin. Hozirgacha hududda Nukus xalqaro aeroporti faoliyat ko‘rsatmoqda.
Xalqaro statusga ega bo‘lishi mumkinligi aytilgan Mo‘ynoq aeroporti 2020 yilda qurib bitkazilgan. 2021 yilning oxiriga borib aeroport to‘liq ishga tushishi aytilgandi. Ammo negadir jarayonlar hamon cho‘zilmoqda.
Mavzuga oid
18:21 / 18.05.2025
Ispaniyada yuzlab boshpanasizlar aeroportni «egallab oldi»
10:30 / 15.05.2025
Rossiya aeroportlari 2025 yilda dronlar tufayli 217 marta yopildi
14:19 / 01.05.2025
Urganch aeroporti Koreyaning Inchon aeroporti bilan sheriklikda boshqariladi
17:32 / 29.04.2025