Toshkentda «Spark» ishtirokidagi YTHda ikki nafar o‘smir halok bo‘ldi
Yashnobod tumanida o‘lim bilan yakun topgan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Toshkent shahar IIBB holat bo‘yicha ma’lumot berdi.
16 yanvar kuni Yashnobod tumanida soat 03:20 da 102 tizimidan tushgan xabarga ko‘ra, shu kuni soat 03:00 lar atrofida Shohimardon ko‘chasida haydovchi – 2005 yilda tug‘ilgan, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan Yo.R. ishonch qog‘ozisiz “Spark” rusumli avtoulovini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib yo‘l chetidagi temir panjaraga urilgan.
Natijada, “Spark” avtoulovi haydovchisi Yo.R. olingan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. “Spark” avtoulovi yo‘lovchisi – 2008 yilda tug‘ilgan A.E. ham olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
IIBB ma’lumotida aytilishicha, YTH sababi - “Spark” avtoulovi haydovchisi avtoulov tezligi yuqori bo‘lganligi sababli rul boshqaruvini yo‘qotgan.
Mazkur fakt bo‘yicha O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
09:30 / 19.11.2024
Toshkentda 7,5 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi
09:00 / 09.09.2024
Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni sotayotgan shaxs ushlandi
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024