O‘zbekiston | 14:02 / 19.01.2022
15811
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi maxsus COVID-poliklinikalar manzillari

Koronavirus yangi to‘lqini sabab o‘tgan hafta Toshkentning 12ta tumanida 1 tadan maxsus COVID poliklinikalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ularning manzillari haqida ma’lumot berdi.

Foto: Kun.uz

Qayd etilishicha, poliklinikalar rentgen, kislorod kondensatorlari, PZR-test va koronavirusga qarshi zarur dori-darmonlar, sarflov materiallari, dezinfeksiyalovchi eritmalar bilan ta’minlangan.

Poliklinikalar har kuni 24 soat davomida faoliyat ko‘rsatadi.

Ular quyidagi manzillarda joylashgan:

▶ Bektemir tuman markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi

Manzili: Bektemir tumani, Vodnik dahasi, 75-uy

▶ 5-sonli Ftiziatriya dispanseri

Manzili: Mirobod tumani, 8-mart ko‘chasi, 58-uy

▶ 23-son oilaviy polikinika “Birlik” filiali

Manzili: Uchtepa tumani, Chakmoniy ko‘chasi, 14-a uy

▶ 1-son Ftiziatriya dispanseri

Manzili: Mirzo Ulug‘bek tumani, A. Yugnakiy mavzesi, 15-a uy.

▶ 58-son oilaviy poliklinika

Manzili: Yakkasaroy tumani, A.Qahhor ko‘chasi, 44-uy

▶ 11-son oilaviy poliklinika

Manzili: Sergeli tumani, Choshtepa ko‘chasi, 147-uy

▶ 3-son Ftiziatriya dispanseri

Manzili: Olmazor tumani, Usta Shirin ko‘chasi, 1-berk, 3-uy

▶ Toshkent shahar ftiziatriya va pulmonologiya markazi

Manzili: Chilonzor tumani, Lutfiy 7, 33-uy, 1-xonadon.

▶ 4-son ftiziatriya dispanseri

Manzili: Yunusobod tumani, 3-tor, Niyazbek yo‘li, 6-uy

▶ 42-son oilaviy poliklinika

Manzili: Shayxontohur tumani, Taxtapul ko‘chasi, 14-a uy.

▶ 2-son ftiziatriya dispanseri

Manzili: Yashnobod tumani, Murg‘ob ko‘chasi, 93-uy

▶ Toshkent shahar teri-tanosil dispanseri

Manzili: Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 7, 23-uy

Sog‘liqni saqlash vazirligi avvalroq Toshkentda koronavirusga 24 soat davomida bepul PZR-test topshirish mumkinligini ma’lum qilib, mazkur laboratoriyalar manzillarini e’lon qilgandi.

Mavzuga oid