Farg‘ona shahrida maktab o‘qituvchisi pora bilan qo‘lga tushdi
Farg‘ona shahrida maktab o‘qituvchisi 1-sinfga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga pora olayotgan vaqtda ushlangan. Bu haqda Farg‘ona viloyat sudlarining Telegram-kanalida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, Farg‘ona shahar 21-sonli maktabning jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi J. A. 2021 yil 9 avgust kuni D.D.ning ishonchiga kirib, uning nabirasi X.N. hamda tarbiyalanuvchisi M.S. va boshqalarni o‘zi ishlab kelayotgan maktabning 1-sinfiga direktor o‘rinbosari orqali o‘qishga kiritib qo‘yishga va’da beradi. Buning evaziga 800 AQSh dollari so‘raydi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tadbirda J.A. 800 AQSh dollarini Qirguli mavzesidagi “Iltifot” restorani binosi oldida olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, J.A. Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida aybli deb topilib, 2 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Unga nisbatan qo‘llangan munosib xulq-atvorda bo‘lish haqida tilxat ehtiyot chorasi o‘zgartirilib, sud zalidan qamoqqa olingan.
Avvalroq Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida 500 ming so‘m pora olgan tuman tibbiyot birlashmasi o‘rinbosari 5 yilga ozodlikdan mahrum etilgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
19:57 / 22.11.2024
«Toshkent viloyati suv ta’minoti» AJ mutaxassisi 1,6 ming dollar bilan ushlandi
11:20 / 22.11.2024
“Qani deputatlar, nega qaramayapti?” - propan narxidan haydovchilar xavotirda
19:02 / 21.11.2024
Farg‘ona aeroportida havo kemalarini qabul qilishga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi
11:28 / 21.11.2024