Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gulchilikdan 250 million so‘m daromad
Shahrixonlik Soibjon Obidjonov 10 yildan buyon gulchilik bilan shug‘ullanadi. 18 sotix yerga qurilgan issiqxonasida faoliyat olib boradi. Issiqxonada 50 turdan ortiq 100 ming tupga yaqin gullar mavjud.
Gullarning urug‘lari asosan Xitoy va Gollandiya davlatlaridan olib kelib, mahalliylashtiriladi
"Bitta ko‘chatni qalamchadan to sotuvgacha bo‘lgan oraliq vaqti 4-5 oy, gul turiga qarab ayrimlari 2 oy davomida, ayrimlari 6 oyga yetib boradi. O‘rtacha bitta gulimiz 1 500-2 000 so‘m atrofida tayyor bo‘lsa, u 7-8 ming, ayrimlari esa 10-15 ming so‘mgacha sotiladi. Yil davomida sotuvga tayyorlab boraveramiz" - deydi biz bilan suhbatda u.

Gulchi o‘z kasbidagi mashaqqatlar haqida ham so‘zlab berdi:

"Bizga eng katta mashaqqat - gazimiz yo‘q, ko‘mir bor. Ko‘mirni eng maydasini sotib olamiz. Qayta ishlab chiqarib, briket holatida yoqamiz. Briket ishlab chiqarish uchun ham 2-3 nafar bolani mavsumiy ish bilan ta’minlaymiz" - deydi u.

18 sotixlik issiqxonadan yiliga 200-250 million sof daromad olinmoqda. Tayyor bo‘lgan gullar nafaqat qo‘shni viloyatlar, balki qo‘shni davlatlarga ham eksport qilinmoqda.

Qahramonimiz ishini yanada kengaytirish va gulchilikni rivojlantirishni o‘z oldiga maqsad qilib olgan.

Abduvali Qurbonov
Tasvirchi va montaj ustasi Azizbek Ismoilov.
Mavzuga oid
22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi
23:01 / 26.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
07:50 / 24.05.2025