O‘zbekiston | 10:20 / 22.01.2022
17737
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda kunlik holatlar 1400ga yaqin, bu navbatdagi rekord ko‘rsatkich

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kun ichida 1390 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, 4 bemor vafot etgani, yana pnevmoniya holatlari qayd etilayotgani haqida xabar berdi.

Foto: Kun.uz

«2022 yil 21 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 212289 (+1390) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

O‘zbekistonda ketma-ket to‘rtinchi kun kunlik o‘sish bo‘yicha rekordlar yangilanmoqda, bundan avvalgi eng yuqori ko‘rsatkich bir kun oldin qayd etilgan, kunlik holatlar 1321tani tashkil etgandi. 

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 57 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 41 nafari Andijon viloyatida,
  • 59 nafari Buxoro viloyatida,
  • 53 nafari Jizzax viloyatida,
  • 26 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 22 nafari Navoiy viloyatida,
  • 45 nafari Namangan viloyatida,
  • 39 nafari Samarqand viloyatida,
  • 19 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 77 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 142 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 51 nafari Xorazm viloyatida,
  • 183 nafari Toshkent viloyatida,
  • 576 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Andijon viloyatida 16 nafar,
  • Buxoro viloyatida 60 nafar,
  • Jizzax viloyatida 14 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 18 nafar,
  • Namangan viloyatida 19 nafar,
  • Samarqand viloyatida 20 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 66 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 15 nafar,
  • Toshkent viloyatida 77 nafar,
  • Toshkent shahrida 132 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 202149 (+437) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

So‘nggi bir kunda koronavirusga chalingan bemorlardan yana 4 nafari vafot etib, rasmiy statistika bo‘yicha kasallik qurbonlari soni 1536 nafarni tashkil qildi.

Shuningdek, kecha 289 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Mavzuga oid