Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nurafshon shahrida sug‘oriladigan yerlar toifasi o‘zgartiriladi
Prezidentning “Nurafshon shahrida sug‘oriladigan yerlardan samarali foydalanishni tashkil etish va toifasini o‘zgartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Vazirlar Mahkamasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Toshkent viloyati, Kadastr agentliklarining:
- Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi mavjud qishloq xo‘jaligi, shu jumladan sug‘oriladigan yerlarni bosqichma-bosqich qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan aholi punktlarining yerlari hamda sanoat maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar toifasiga o‘tkazish;
- toifasi o‘zgartirilgunga qadar amaldagi yerdan foydalanuvchilar sug‘oriladigan ekin yerlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish taklifi ma’qullanadi.
Belgilanishicha:
- qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan mazkur yerlarning boshqa yerlar toifasiga o‘tkazilishi munosabati bilan qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari o‘rnini qoplash bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlari, shuningdek yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining ko‘radigan zararlari to‘liq undiriladi;
- Nurafshon shahridagi mavjud sug‘oriladigan yer maydonlarini qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yerlar toifasiga o‘tkazish birinchi navbatda tuproq sifati bo‘yicha eng past balli yerlar hisobidan bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Toshkent viloyati hokimligi yer uchastkasini tanlash bosqichida:
- Qurilish vazirligi bilan birgalikda baholash tashkilotini jalb etgan holda yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining ko‘radigan zararlari miqdori aniqlab berilishini;
- Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdorini hisoblab chiqilishini;
- yer uchastkasi olib qo‘yiladigan va yer uchastkasi ajratiladigan yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlari qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi zararlari va nobudgarchiliklarining aniqlangan miqdorlariga rozi bo‘lmagan hollarda sudga murojaat qilish huquqlari tushuntirilishini ta’minlaydi.
Toshkent viloyati hokimligi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda:
- shaharda atrof-muhit hamda ekologik vaziyatni barqaror saqlash, shahar aholisining madaniy hordiq olishlari uchun sharoit yaratish maqsadida shahar bosh rejasiga asosan 2022 yil yakuniga qadar 15 ga yer maydonida “Istirohat bog‘i”;
- 2024 yilga qadar 230 ga yer maydonida yashil hududlar tashkil etish chorasini ko‘radi.
Mavzuga oid
13:48 / 18.04.2025
Hududlarda yer sotish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi
16:12 / 31.03.2025
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish tartibi o‘zgartirildi
11:13 / 31.03.2025
Tomorqadan samarasiz foydalanganlarga ko‘riladigan choralar ishlab chiqildi
11:33 / 28.03.2025