O‘zbekiston | 00:44 / 25.01.2022
16701
1 daqiqa o‘qiladi

Nurota tumani hokimi Ekoqo‘mita raisiga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi

Foto: Nurota tumani hokimligi

Navoiy viloyati Nurota tumani hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Xalilov Umarbek Yaxshimurodovich Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Kun.uz manbasi ushbu ma’lumotni tasdiqladi.

Umarbek Xalilov 2019 yilning 12 martidan Nurota tumani hokimi bo‘lib ishlab kelayotgandi. U 2017 yilning aprelidan 2018 yilning mayigacha Navoiy shahri hokimi, 2018 yilning may oyidan 2019 yil martgacha Bosh prokuratura huzuridagi Agroinspeksiya rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.

Umarbek Xalilov 1977 yilda Nurota tumanida tug‘ilgan. 1999 yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.

2021 yilning 30 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yalpi majlisida Narzullo Oblomurodov nomzodi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga ma’qullangandi.

 

Mavzuga oid