Putinniki ekani aytilgan saroyning suratlari tarqaldi – foto
Roppa-rosa bir yil avval, 2021 yilning 19 yanvar kuni rossiyalik muxolif siyosatchi, Korrupsiyaga qarshi kurash fondi asoschisi Aleksey Navalniy Putinning saroyi haqida ma’lumotlarni e’lon qilgandi. Qora dengiz yaqinidagi ushbu saroyning qiymati taxminan 100 milliard rubl (taqriban 1,36 milliard dollar) atrofida baholangan.
Ushbu sensatsion surishtiruv 1 yil davomida Youtube platformasining o‘zida 121 million marta ko‘rildi hamda juda katta muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Saroy haqidagi video hattoki Putinni ham raddiya berishga «majbur qilgan edi». Surishtiruvdan bir hafta o‘tgach, Vladimir Putin rossiyalik talabalar bilan onlayn muloqotda Gelenjikdagi saroyi haqidagi ma’lumotlarni inkor etib, u yerda ko‘rsatilgan narsalarning hech biri unga yoki yaqin qarindoshlariga tegishli emasligini aytib o‘tgan. Keyinroq, rossiyalik milliarder Arkadiy Rotenberg o‘zini Gelenjikdagi saroy egasi, deb e’lon qildi.
Surishtiruvdan ko‘p o‘tmay Navalniyga nisbatan «Iv Roshe» ishi bo‘yicha ayblov e’lon qilinib, 3,5 yillik sirtdan qamoq jazosi chinakam qamoq jazosiga o‘zgartiriladi. Shundan buyon siyosatchi qamoqda qolmoqda.
O‘tgan hafta, sensatsion surishtiruv e’lon qilinganiga bir yil to‘lgan kunda Navalniy fondi tomonidan Putinga tegishli ekanligi aytilayotgan, lekin rasman rad etilgan saroyning haqiqiy rasmlari e’lon qilindi va o‘sha surishtiruvdagi vizualizatsiya bilan solishtirib chiqildi.
Ma’lum qilinishicha, qurilishi tugallanmagan saroyning mingdan ortiq rasmlari ushbu hududda ishlayotgan ustalar tomonidan Navalniy fondiga yuborilgan.
Mavzuga oid
09:59
Britaniyaning eng yirik banki Rossiyadan to‘lovlarni qabul qilishni to‘xtatdi
23:44 / 22.11.2024
Putin «Oreshnik» raketalari qurollanishga qabul qilinishi va seriyali ishlab chiqarilishini e’lon qildi
23:22 / 22.11.2024
KXDR o‘z askarlarini Ukraina urushiga yuborgani evaziga Rossiyadan havo hujumidan mudofaa vositalarini olgan
21:54 / 22.11.2024