O‘zbekiston | 22:29 / 02.02.2022
2232
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda 2 000 dollarga ishga joylashtirib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Olot tumanida fuqaroni 2 000 AQSh dollari evaziga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olingan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro K.K. boshqa bir fuqaro F.ga uni tanishlari yordamida “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan. U “xizmati” evaziga 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida departamentning Olot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Oldinroq Buxoroda shifokor 1 000 dollar evaziga fuqaroni ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgandi. 

Mavzuga oid