Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxona kodeksiga o‘zgartirishlar kiritildi
“Bojxona kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Kodeksda vakolatli iqtisodiy operatorlarning (insofli tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillaridan foydalanish huquqini taqdim etish) huquqiy maqomi belgilandi.
Kodeksga reeksport, vaqtincha olib chiqish, reimport, vaqtincha olib kirish, yo‘q qilish bojxona rejimlari uchun ruxsatnoma olish talabi bekor qilinganligiga oid o‘zgartirishlar kiritildi.
Ruxsatnoma olish faqat tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash, bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimlarida talab etiladi.
Kodeksga tranzit deklaratsiyasi tushunchasi kiritildi. Unga ko‘ra, tranzit deklaratsiyasi tovarlar va (yoki) transportlar haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda bojxona organiga taqdim etiladigan hamda bojxona hududiga olib kiriladigan va O‘zbekiston hududi orqali tranzit olib o‘tiladigan tovarlarini jo‘natuvchi bojxona organidan tovar kelib tushadigan bojxona organigacha nazorat qilish uchun foydalaniladigan hujjatdir.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Mavzuga oid
13:53 / 07.05.2025
BAA dunyoda birinchi bo‘lib qonunlarni yozishda sun’iy intellektdan foydalanmoqchi
17:14 / 19.04.2025
Deputatlar sun’iy intellektda yaratilgan noqonuniy kontent uchun jazoga izoh berdi
20:06 / 14.04.2025
Qonun loyihasiga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati kengaytirildi
09:52 / 21.02.2025