Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada dunyodagi eng ulkan yo‘lovchi samolyoti mehmonxonaga aylantiriladi
Fransiyada utilizatsiyaga jo‘natilishi lozim bo‘lgan Airbus A380 samolyoti mehmonxonaga aylantiriladi, deb xabar berdi Aerotime Hub.
Xabarda aytilishicha, bu ish bilan Airbus sobiq muhandisi Frederik Delyuz shug‘ullanadi. Mehmonxona Tuluza aeroporti yaqinida joylashtiriladi.
Havo kemasi 31ta - standart ikki o‘rinli, uch yoki to‘rt kishilik yarim lyuks va ikkita lyuks nomerdan iborat bo‘ladi.
Mehmonxona majmuasi tarkibiga shuningdek, 60 o‘rinli restoran ham kiradi.
Airbus A380 —Airbus S.A.S kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan dunyodagi eng ulkan avialayner hisoblanadi. Uning balandligi 24, uzunligi 73 metr. Samolyotning uchta klassdagi modeliga 525 nafar, bir klassdagi modeliga 853 nafar yo‘lovchi sig‘adi.
Mavzuga oid
14:41 / 05.05.2025
O‘zbekiston Fransiyadan 14 ta yangi Airbus samolyotini xarid qiladi
23:54 / 21.04.2025
Orlandoda yo‘lovchi samolyotida yong‘in chiqdi
19:09 / 21.04.2025
Airbus vodorodda uchadigan «yashil» samolyotini taqdim etishni kechiktirdi
22:54 / 26.03.2025