Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qarzdorlik muddatini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik bekor qilinadi
Shartnomaviy munosabatlar fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinadi va o‘z majburiyatlarini bajarmagan sub’yektlar shartnoma shartlariga yoki fuqarolik qonunchiligiga ko‘ra javobgar bo‘ladi.
Adliya vazirligi tomonidan “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Loyihada quyidagi o‘zgartirishlar nazarda tutilmoqda:
- debitorlik va kreditorlik qarzi muddatlarini o‘tkazib yuborganlik;
- korxonalarning hisobvaraqlarida tegishli mablag‘lar bo‘lgan holda to‘lovlarni amalga oshirishning belgilangan muddatlarini buzganlik;
- shartnoma majburiyatlarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik oqibatida xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga mulkiy zarar yetkazganlik uchun ma’muriy javobgarliklar bekor qilinmoqda.
Hozirda shartnoma taraflari o‘z majburiyatlarini bajarmaganlik uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida ma’muriy javobgarlik ham belgilangan.
Bu shartnoma taraflariga majburiyatni bajarmaganlik uchun ikkita ta’sir chorasi qo‘llanilishiga, ya’ni ham ma’muriy, ham mulkiy javobgarlikka tortilishiga olib kelmoqda.
Loyiha Qonunchilik palatasiga ko‘rib chiqish uchun kiritildi, deyiladi Adliya vazirligi xabarida.
Mavzuga oid
14:22 / 17.04.2025
Qarzdorlik hisobiga banklar balansiga olingan mol-mulk realizatsiyasi jadallashtiriladi
14:36 / 01.04.2025
Xonanda Botir Qodirov mualliflik huquqini buzgani uchun jarimaga tortildi
19:19 / 25.03.2025
«Birinchi imkoniyat» doirasida tadbirkorlar ma’muriy javobgarlikdan ozod etiladi
21:37 / 26.02.2025