Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zangiota va Yuqori Chirchiqda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
Toshkent viloyatining Zangiota va Yuqori Chirchiq tumanlarida ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda «Hududgaz Toshkent» gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati xabar bermoqda.
Zangiota tumani Qatortol hududi Iqbol mahallasida tabiiy gaz yerosti o‘rta gaz quvurini xavfsiz yerga ko‘chirish ishlari olib borish maqsadida 2022 yil 11 fevral soat 9:00 dan 17:00 ga qadar Iqbol mahallasi Bog‘iston, Elsevar va Yangiobod ko‘chalarida jami 357 ta aholi xonadonlarida va 4 ta ulgurji iste’molchilari hamda 2 ta ijtimoiy soha obektlarida gaz ta’minoti to‘xtatiladi.
Yuqori Chirchiq tumani Bordonko‘l va Tinchlik hududlaridagi mahallalarni tabiiy gaz bilan ta’minlovchi yerosti gaz quvurida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 2022 yil 11 fevral soat 9:00 dan 17:00 ga qadar tumandagi «Mirobod», «Fayzobod», «Nurafshon», «Gulbog‘», «Yik ota», «Baliqchi», «Yoshlik» MFYlardagi jami 6452 ta aholi xonadonlarida va 95 ta ulgurji iste’molchilari hamda 9 ta ijtimoiy soha obektlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Mavzuga oid
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
13:37 / 07.05.2025
Yevropa komissiyasi Rossiya gazidan voz kechish rejasini taqdim etdi
13:48 / 06.05.2025
Yevropa Ittifoqi 2027 yil oxirida Rossiyadan barcha gaz importini taqiqlamoqchi
15:20 / 01.05.2025