Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Urgut tumani markazi ko‘chiriladi
Bu haqda Samarqand viloyati hokimining tegishli qarori imzolangan.
Urgut tumani markazi tumanning Kamangaron mahallasiga ko‘chiriladi. Viloyat hokimining qaroriga ko‘ra, ma’muriy binolar qurilishi uchun ushbu mahalla hududidan 3 gektar yer ajratiladi.
Tumanda barpo etilayotgan Yangi O‘zbekiston massivi ham shu hududga tutash hisoblanadi. Tuman ma’muriy markazi ko‘chganidan so‘ng Urgut shahri turistik shaharga aylantirildi.
“Viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi buyurtmachiligida Kamangaron mahallasi hududida 1397, 1398, 1393q va 1395q 1396 qism – raqamli dala konturidan Urgut tumani hokimligiga tuman hokimligi ma’muriy binolarini qurish maqsadida 3 gektar yer maydoni doimiy foydalanish uchun ajratilsin.
Viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi (S.Ziyadullayev), viloyat Qurilish bosh boshqarmasi (L.Hamidov), “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK Samarqand filiali (Sh.Ilmuratov) va viloyat qurilishda tender savdolarini tashkil etish konsalting markazi (S.Gulyamov) mazkur obektlarning belgilangan tartibda loyihaoldi shaharsozlik hujjatlarini o‘z muddatida ishlab chiqib tasdiqlash, ekspertiza xulosalarini olish va tender savdolarini o‘tkazish choralarini ko‘rsin”, deyiladi qarorda.

Mavzuga oid
12:31 / 08.04.2025
Urgutda giyohvand modda sotgan maktab direktori 10 yilga qamaldi
10:56 / 02.03.2025
Urgutga temiryo‘l liniyasi tortiladi
11:38 / 17.11.2024
Samarqandda 3 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan haydovchiga hukm o‘qildi
10:06 / 19.09.2024