O‘zbekiston | 10:08 / 14.02.2022
4512
1 daqiqa o‘qiladi

2022 yilda Samarqand viloyatida uchta GES quriladi

2022 yilda gidroenergetika sohasida umumiy quvvati 173 MVt bo‘lgan 7ta loyiha ishga tushiriladi.

Foto: Kun.uz

Energetika vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, 2022 yilda gidroenergetika sohasida quyidagi loyihalar amalga oshiriladi.

Jumladan:

  • Samarqand viloyatida 3ta yangi gidroelektrstansiya quriladi.
  • Surxondaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlaridagi mavjud 4ta gidroelektrstansiya modernizatsiya qilinadi.

Buning natijasida 173 MVt yangi quvvatlar yaratilib, yurtimizda GESlarning umumiy quvvati 2 225 MVtga yetkaziladi.

Bu haqda Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasida yurtimizda “yashil” energetika sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha qilinadigan ishlar dasturida belgilab qo‘yilgan.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid