Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda ko‘chma sirk va hayvonot bog‘i tashkil etiladi
Yil oxiriga qadar mahalliy budjet mablag‘lari hisobiga ko‘chma sirk va hayvonot bog‘i tashkil etish choralari ko‘riladi.
«Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarorining Xorazm viloyatida ijrosini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Unga ko‘ra, viloyatda 2022 yil oxiriga qadar mahalliy budjet mablag‘lari hisobiga ko‘chma sirk (shapito, dorbozlar guruhi) hamda hayvonot bog‘ini tashkil etiladi va doimiy faoliyat yuritishi ta’minlanadi.
Bundan tashqari, har bir umumiy o‘rta ta’lim muassasasida musiqa amaliy to‘garaklari tashkil etiladi. Unda o‘quvchilarning 7 ta milliy musiqa cholg‘ulari – dutor, do‘mbira, doyra, tanbur, rubob, g‘ijjak, naydan birini chalishni o‘rganishi ta’minlanadi.
Musiqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan lektoriy konsertlari tashkil etiladi, ularning badiiy dasturlar loyihasi ishlab chiqilib, tasdiqlash uchun Madaniyat vazirligiga kiritiladi.
2024 yil noyabr oyiga qadar zamonaviy texnologiyalarni joriy etgan holda viloyatda «Golografik teatr» shou loyihalari amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
16:59 / 05.04.2025
Parkentda sherlar qurboni bo‘lgan qorovul ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi
16:41 / 24.02.2025
Toshkentda uchib yurgan kalxat hayvonot bog‘iga qaytarildi
13:39 / 14.02.2025
Nyu York hayvonot bog‘i pingvin va jirafalar tomonidan chizilgan rasmlarni kimoshdi savdosiga qo‘yadi
23:58 / 17.12.2024