Jahon | 15:59 / 15.02.2022
9541
1 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy xorij elchixonalarining evakuatsiya qilinishini katta xato deb atadi

Qator G‘arb davlatlari Kiyevdagi elchixonalarini Lvovga ko‘chirishga qaror qilgan.

Foto: AFP

Vladimir Zelenskiy ayrim xorij elchixonalarining Kiyevdan g‘arbiy Ukrainaga ko‘chish to‘g‘risidagi qarorini katta xato deb atadi. 

"Ayrim elchixonalarning, bu ularning qarori, g‘arbiy Ukrainaga ko‘chib o‘tishi katta xato, chunki g‘arbiy Ukraina yo‘q, Ukraina bor, u yaxlit. Shuning uchun, Xudo saqlasin, nimadir bo‘lsa, hamma yerda bo‘ladi", - dedi Zelenskiy.

Avvalroq AQSh Ukrainadagi elchixonasini vaqtincha Kiyevdan Lvovga ko‘chirishini ma’lum qilgandi.

Shuningdek, Kanada, Avstraliya va Niderlandiya ham o‘z elchixonalarini Kiyevdan Lvovga ko‘chirishini e’lon qilgan. Germaniya Ukraina sharqidagi Dnepr shahrida joylashgan bosh konsulxonasini Lvovga ko‘chirgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid