Jahon | 19:01 / 16.02.2022
9443
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Putin va Zelenskiyga Turkiyada uchrashishni taklif qildi

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv Anqara yoki Istanbulda bo‘lib o‘tishi mumkin.

Foto: AP

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Rossiya prezidenti Vladimir Putin ijobiy javob bergan taqdirda Anqara yoki Istanbulda Turkiya, Rossiya va Ukraina prezidentlari uchrashuvi o‘tkazilishi mumkinligini aytdi.

"Janob Zelenskiy uchrashuvimiz vaqtida uch tomonlama uchrashuv g‘oyasiga ijobiy yondashishini aytdi. Agarda janob Putin ham bu masalaga shunday ijobiy yondashsa, Istanbul yoki Anqarada uchrashishimiz mumkin. Hozircha esa telefon orqali muloqotimiz davomida uning bunga qanday qarashini bilmoqchiman", - dedi Erdo‘g‘an.

Avvalroq Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Vladimir Zelenskiy Turkiya hududida Vladimir Putin bilan uchrashishga rozi bo‘lganini aytgandi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Erdo‘g‘anning taklifiga bergan izohida “agar ushbu uchrashuv mamlakat janubi-sharqidagi vaziyat tugunini yechadigan bo‘lsa, Putin har kim bilan uchrashishga tayyor”ligini bildirgan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bunday muzokaralarni o‘tkazish uchun uchrashuvdan maqsadni aniqlab olish kerak.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid