Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boqimandalik biror marta yaxshilik keltirmagan – Shavkat Mirziyoyev

Foto: Prezident matbuot xizmati
Sergeli va Yangihayot tumanlariga tashrif buyurgan davlat rahbari mehnatga layoqatli har bir inson ishlashi, hayot uchun kurashishi zarurligini ta’kidladi.
Tumandagi faollar yig‘ilishida so‘zga chiqqan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov mahallalarda o‘rganishlar olib borilganida juda ko‘pchilik o‘z hayoti davomida biror kun ishlamaganiga e’tibor qaratdi.
«Bir narsani unutmanglar – boqimandalik, dangasalik biror marta yaxshilik keltirmagan. O‘zbekiston sharoitida ish bo‘laturib ishlamaslik, imkoniyat bo‘lsa-da dangasalik qilish endi mutlaqo mumkin emas. Biz erkin bozor sharoitiga o‘tyapmiz. Bozor iqtisodiyoti shafqatsiz, o‘tiraverganlarni kechirmaydi.
Mana, mana shu hududda Toshkent metallurgiya zavodini barpo qilishga kirishganimizda hech kim ishonmagandi. Bugun bu korxonada shuncha aholimiz ishli bo‘ldi.
Yashash uchun kurashish kerak, tadbirkorlik qilish yoki bor ish o‘rinlarida ishlash kerak. Agar kasbi bo‘lmasa, marhamat, markazlarimizda kasbga o‘rganishsin. Ayollarga kasanachilikni, uyda ishlashni yoki korxonalarda bo‘lsa, qisqa muddatli bo‘lsa ham ishlarga o‘rgataylik. Muhimi, harakatda barakat ekanligini unutmaylik», deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid

12:10 / 16.03.2025
Toshkent shahri va Surxondaryo viloyatida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

12:23 / 13.03.2025
Toshkentda o‘quvchi qizga shilqimlik qilgan o‘qituvchi 5 sutkaga qamaldi

14:32 / 25.01.2025
Sergelidagi bog‘chada tarbiyachining qo‘pol munosabati oqibatida bolaning oyog‘i sindi

20:27 / 13.12.2024