Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya chegarada ukrainalik razvedkachilar o‘ldirilganini xabar qildi
Rossiyalik harbiylar mamlakat chegarasini buzib o‘tishga uringan besh nafar ukrainalik razvedkachini o‘ldirgani aytilmoqda. Ukraina barchasini rad etmoqda.
Chegara buzib o‘tilgani haqida Janubiy harbiy okrug hamda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati bir-biridan farq qiluvchi xabarlar tarqatdi.
«21 fevral kuni soat 09:00 lar atrofida Rossiya Federal xavfsizlik xizmati chegarachilari Janubiy harbiy okrug maxsus kuchlari bilan hamkorlikda Rostov oblastida Rossiya davlat chegarasini Ukraina tomondan kesib o‘tishga uringan ikkita harbiy mashinadagi guruhni aniqladi. Qurolli qarshilik ko‘rsatgan guruh to‘xtatilib, yo‘q qilindi», deyiladi FXX xabarida.
Janubiy harbiy okrug xabariga ko‘ra, chegarani buzib o‘tmoqchi bo‘lgan guruh razvedkachi diversantlar bo‘lgan. Okrug xabarida FXX bergan xabardagidan farqli ravishda, soat 06:00 da diversant razvedkachilar guruhi chegarani buzib o‘tishga uringani aniqlangani aytilgan. JHO xabarida esa ikkita harbiy mashina diversantchilarni tezkor evakuatsiya qilish uchun Rossiya chegarasini buzib o‘tganini ma’lum qilgan.
Ikki xabarda ham otishma natijasida harbiy mashina va Rossiya chegarasini bosib o‘tishga uringan 5 nafar ukrainalik yo‘q qilingani ta’kidlanadi. Rossiya tomonida yo‘qotish qayd etilmagan.
Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Ukraina hech kimni razvedka uchun BTR bilan Rossiya tomonga yubormaganini ma’lum qilib, chegara hududida ukrainalik harbiylar halok bo‘lgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
Ukraina milliy xavfsizlik kengashi bosh kotibi Aleksey Danilov ukrainalik harbiylar Donbassdagi otishmalarga aloqador emasligini ma’lum qilgan.
«Biz o‘t ochayotganimiz yo‘q, bizning bu otishmalarga umuman aloqamiz yo‘q. Biz ular istagancha fantaziyaga berilishi mumkinligi, ular istaganini qilishi mumkinligi haqida ogohlantirganmiz va biz bunga tayyormiz», degan Danilov.
21 fevral tongida Rossiya FXX Ukraina hududidan uchirilgan snaryad Rostov oblastining chegara yaqinida joylashgan chegara punktini yakson etgani haqida xabar tarqatdi. Rossiya Tergov qo‘mitasi xabar qilishicha, idora rahbari Aleksandr Bastrikin hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atishga ko‘rsatma bergan.
Reuters o‘z manbalariga tayanib Rossiya FXX tarqatgan xabarni feyk deb atadi.
Ushbu voqealar ortidan o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan DXR va LXR rahbarlari Denis Pushilin va Leonid Pasechnik Rossiya prezidenti Vladimir Putindan ularning mustaqilligini tan olishni so‘rab murojaat qildi. Ayni damda Putin raisligida Rossiya Xavfsizlik kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
22:04 / 22.05.2025
Putin Donbassga bormoqchi. Urush muzokaralari fonida
13:44 / 09.03.2025
Rossiyaning Ukraina bo‘ylab zarbalari oqibatida bir kunda 20 kishi halok bo‘ldi
19:47 / 06.01.2025
Rossiya Donbassdagi yana bir muhim shaharni egallagan. Nimalar ma’lum?
19:39 / 08.11.2024