Jamiyat | 16:32 / 22.02.2022
18196
1 daqiqa o‘qiladi

Hisor davlat qo‘riqxonasida fotoqopqon noyob qor qoplonini tasvirga oldi

Hisor qo‘riqxonasiga o‘rnatilgan fotoqopqon noyob qor qoplonini tasvirga olgan. Bu haqda Ekologiya qo‘mitasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Qashqadaryo viloyatida joylashgan Hisor davlat qo‘riqxonasi qor qoplonining doimiy yashash joylaridan biri hisoblanadi. Qo‘riqxonaga o‘rnatilgan fotoqopqon tabiatning ana shu noyob jonivorining yana bittasini kamera obektiga muhrlagan.

Ma’lumot uchun, qor qoploni bugungi kunda noyob tur hisoblanib, Xalqaro qizil kitobga kiritilgan. Mushuksimonlar oilasiga mansub bo‘lgan bu noyob jonivorni mamlakatimizda muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratilgan.

Avvalroq qo‘riqxonaning Tanxozdaryo bo‘limi davlat nazoratchisi Jamshid Berdaliyev tomonidan Quralay soyiga qo‘yilgan kamera obektiga 2 bosh qor qoploni muhrlangani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid