Jahon | 18:45 / 27.02.2022
83246
1 daqiqa o‘qiladi

Putin «tiyib turuvchi kuchlar»ni jangovar shay holatga keltirishga buyruq berdi

Putin yadroviy qurollar bilan tahdid qilmoqda.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat mudofaa vaziri Sergey Shoygu va qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimovga tiyib turuvchi kuchlarni shay holatga keltirishga buyruq berdi.

«Ko‘rib turibsizki, G‘arb davlatlari nafaqat bizga qarshi dushmanlik kayfiyatidagi sanksiyalarni qo‘llamoqda, balki NATOga a’zo davlat rahbarlari davlatimizga qarshi agressiv chiqishlar qilishmoqda. Shu sabab mudofaa vaziri va bosh shtab boshlig‘iga Rossiya armiyasining tiyib turuvchi kuchlarini maxsus jangovar shaylik holatiga keltirishga buyruq beraman», dedi Putin.

Ma’lumot uchun, Strategik tiyib turuvchi kuchlar Rossiya Qurolli Kuchlari jangovar kuchining asosi bo‘lib, Rossiya va uning ittifoqchilariga qarshi tajovuzni to‘xtatish, shuningdek, tajovuzkorlikni yengish uchun turli xil qurollardan, shu jumladan yadroviy quroldan foydalanish uchun mo‘ljallangan.

Mavzuga oid