Jahon | 22:05 / 28.02.2022
44835
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Zelenskiy Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi uchun arizani imzoladi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi haqidagi arizani imzoladi.

«Bugun Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun arizani imzoladim. Bu haqiqat ekaniga ishonchim komil», deya yozdi prezident.

Ariza Yevropa Kengashi, Yevroparlament rahbarlari hamda Yevropa Ittifoqiga raislik qilayotgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron nomiga yo‘llangan.

Avvalroq Zelenskiy o‘z murojaatida Ukraina hukumati Yevropa Ittifoqidan «yangi maxsus tartib» asosida mamlakatni «zudlik bilan» tarkibiga qabul qilishni so‘rayotgani haqida gapirgandi.

Shuningdek, Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen o‘z intervyusida Ukraina Yevropa Ittifoqining bir qismi bo‘lishi kerakligini bildirgandi. Biroq u mamlakatni zudlik bilan ittifoqqa qabul qilish tarafdori emasligini aytgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid