O‘zbekiston | 08:44 / 01.03.2022
1358
2 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona viloyatida sandiq ichidan pul o‘g‘irlagan fuqaro qo‘lga tushdi

Farg‘ona shahrida sandiq ichidan 73 million so‘mdan ortiq pul va 2 000 AQSh dollarini o‘g‘irlagan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2021 yilning 31 dekabr kuni Farg‘ona shahri Yuqori Qirguli ko‘chasida yashovchi K.D. IIBga murojaat qilib, 28 dekabr kunidan 31 dekabr kunigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs yashash xonadoniga kirib, yotoqxonasida bo‘lgan sandiq ichida bo‘lgan 73 800 000 so‘m pullari va 2 000 AQSh dollarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “v” bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.N. ismli ayol sodir etgani aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 Avvalroq Nukusda mebel sexi ishchisi o‘z ish joyidan qariyb 180 million so‘m o‘g‘irlagani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga oid